Lukashenko 2020-yilgi saylovlardan keyingi namoyishlarda qatnashgan 37 nafar mahkumni afv etdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2020-yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin namoyishlar bilan bog‘liq harakatlarda ayblangan yana 37 kishini afv etdi.
“Milliy birlik kuni arafasida Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko ekstremistik jinoyatlarda ayblangan yana 37 kishini afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi”, — deyiladi prezident matbuot xizmatining xabarida.
“Afv etilganlar orasida surunkali kasalliklarga chalinganlar, nogironlar va pensionerlar ham bor”, – deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ularning barchasi tavba qilib, ozodlikka qaytish va qonunga bo‘ysunuvchi turmush tarzini olib borish imkoniyatini berishni so‘ragan.
Mahkumlarning arizalari Belarus Bosh prokurori Andrey Shved boshchiligidagi komissiya tomonidan qo‘shimcha o‘rganilgan.
Sharhlar