Lukashenko o‘zaro mahbuslar almashinuvidagi ishtiroki haqida so‘zlab berdi

Беларусь разместила у себя такое же тактическое ядерное оружие, как и США в странах Европы, заявил Лукашенко
Источник: sharij.net

Belarus rahbari Gomel oblastidagi Prudok qishloq xo‘jaligi shaharchasi aholisiga o‘zaro mahbuslarni almashish jarayoni bo‘yicha o‘z versiyasi bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidentining muzokaralarga aloqasi yo‘q, almashish tafsilotlari esa maxsus xizmatlar tomonidan muhokama qilingan.

“O’zlaring ko‘rdinglar, yigitlarni olib chiqishdi. Bizdan so‘rashdi – biz ham qo‘shildik, qo‘ldan kelganicha yordam berdik. G’arbda umrbod qamoqqa tashlangan odamlar ozod qilindi. To‘g‘ri, mana shu yerda AQSh prezidentiga o‘xshagan odam o‘ziga obro‘ orttirib olaadi, holbuki uning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu muzokaralarni razvedka xizmatlari olib borgan va hatto diplomatlar ham jalb qilinmagan. Biz buni jimgina qilishga kelishib oldik –  butun dunyoga qichqira boshlashdi. Bu jimgina amalga oshiriladi, bu odamlarning hayoti”, – deydi Lukashenko.

Shuningdek, u Belarusda terrorizmda ayblanib o‘limga hukm qilingan Germaniya fuqarosi Riko Krigerni nega afv etishga qaror qilganini ham tushuntirdi: “Nemisni bu bechoralarga almashish uchun topshirdik. Buning nimasi yomon? Bu nemis ham tirik,  bu yigit ham qutqarildi.”

Lukashenko qaysi “yigit” qutqarilganiga aniqlik kiritmadi. So‘z sobiq chechen dala komandiri Zelimxon Xangoshvilini o‘ldirganlikda ayblanib, Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan FXX zobiti Vadim Krasikov haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.