Lukashenko: “Prezident bo‘lib tug‘ilish kerak”
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublikani boshqara oladigan boshqa odamlarni bilmasligini aytdi. Uning fikricha, prezident bo‘lib tug‘ilish kerak.
“Kecha men bu haqda o‘yladim: kim? Mana men kelsam, aytasiz: menga qara, bu vaziyatda kimni qo‘llab-quvvatlashni maslahat ber deysiz. Rostini aytsam, bilmayman”, – deydi Lukashenko.
Belarus prezidentining texnika oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashuvi aks etgan videoyozuv Belarus davlati rahbari matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan “Pul pervogo” Telegram-kanalida joylashtirildi.
Uning fikriga ko‘ra, prezident “bo‘lib tug‘ilish kerak” va bu darajadagi lavozimni egallash uchun nomzod alohida fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.
“Alohida fazilatlari menikidan ancha yuqori bo‘lishi kerak…. Endi, bu fazilatlarning barchasi bir odamda jamlanganida, u inson noyob bo‘lardi”, deydi Lukashenko.
Sharhlar