Lukashenko Qozog‘iston va О‘zbekiston hukumatlarini Moskvani yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaganlikda ta’na qildi

Беларусь разместила у себя такое же тактическое ядерное оружие, как и США в странах Европы, заявил Лукашенко
Источник: sharij.net

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘iston va О‘zbekiston rasmiylarini Moskva va Minskni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaganlikda ta’na qildi. Bu haqda u “Rossiya” telekanaliga bergan intervyusida bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Belarus “ba’zi postsovet davlatlari kabi xushomad qilmayapti: ular Rossiyadan nimadir olishni xohlashadi, lekin buning evaziga hech narsa bermaydi.

“Bunday bo‘lmaydi. Keling, birga bo‘laylik. Bu vaqt uzoq emas, o‘sha Rossiyaga kelib, hali ko‘mak va yordam so‘raysiz”, — deydi Lukashenko.

“Mana, Qozog‘istonda nimadir bo‘ldi, kimdan so‘rashdi? Xitoy, Hindiston, Pokiston yaqinmi? Yo‘q! Putin, Lukashenko, yordam bering! Biz u yerga [KXShT tinchlikparvar kuchlarini] joylashtirdik va tushga yaqin samolyotlarimiz Qozog‘istonga qo‘ndi. Tinchlantirdik”, — deydi Belarus rahbari Olmaotadagi 2022-yilgi yanvar voqealarini eslab.

“Qozog‘iston va О‘zbekistonni tovarlari bilan Amerika yoki Yevropa Ittifoqida kutishyaptimi? Yo‘q. Vaziyat yuzaga kelishini tushunishingiz kerak,  siz boshqa birovdan emas, bizdan so‘raysiz. Hech kim sizlarga yordamga kelmaydi. Shu bois bor narsani yo‘qotib nima qilasizlar”, – deya qo‘shimcha qiladi Lukashenko.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.