Rossiyaning “Lyube” guruhi Mo‘g‘uliston prezidentidan sovg‘a oldi
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Rossiyaning “Lyube” guruhiga uning 35 yilligi munosabati bilan sovg‘a yubordi, deb xabar beradi “TASS” prezident matbuot xizmatiga tayanib. Mo‘g‘ulistonning Rossiyadagi elchixonasi sovg‘ani “Lyube” yakkaxoni Nikolay Rastorguyevga yetkazdi. Uxnaagiyn Xurelsux guruhga aynan nima hadya qilgani noma’lum.
Mo‘g‘uliston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Nikolay Rastorguyev Uxnaagiyn Xurelsuxga sovg‘a uchun rahmat aytib, Ulan-Batorda yana bir marta konsert qo‘yish istagini bildirgan.
2017-yil dekabrida “Lyube” “Lyube guruhining Mo‘g‘ulistondagi fan-klubi” nomli hamjamiyat iltimosiga binoan, Ulan-Batorda ikki marta konsert bergandi. O‘shanda tashkilotchilar mamlakatning boshqa shaharlarida ham chipta sotish kassalarini ochisgga majbur bo‘lgan, chunki tomoshabinlar mamlakatning turli nuqtalaridan konsertga kelgan edi.
Sharhlar