Lyuksemburg tashqi ishlar vaziri Ukrainaning NATOga qo’shilishiga qarshi chiqdi
Lyuksemburg tashqi ishlar vaziri Ksavyer Bettel Ukrainaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga (NATO) a’zoligiga qarshi chiqdi. Bu haqda Spiegel xabar bermoqda.
3-dekabr kuni Bryusselda boʻlib oʻtgan NATO tashqi ishlar vazirlarining yigʻilishida Bettel Ukrainaning alyansga qoʻshilishi gʻoyasini qoʻllab-quvvatlamadi, “Men NATOga aʼzo boʻlish yana keskinlikni keltirib chiqarishiga ishonaman”, – dedi u.
Lyuksemburg Tashqi ishlar vazirligi rahbarining fikricha, Rossiya tomonidan hujumga uchragan davlatning aʼzoligi darhol keyingi mojarolarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, vazir Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi.
Ulashish:
Sharhlar