Venesuela hukumati Maduroni prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qildi
Venesuela hukumati 28-iyul, yakshanba kungi saylovlarda amaldagi prezident Nikolas Maduro g‘olib bo‘lganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda BBC.
Maduro va uning Venesuela yagona sotsialistik partiyasi tomonidan nazorat qilinuvchi Milliy saylov kengashi e’lon qilishicha, byulletenlarning 80 foizi hisoblab chiqilgach, amaldagi prezident 51,2 foiz ovoz to‘plagan, birlashgan muxolifatdan nomzod Edmundo Gonsales esa 44 foiz ovoz yig‘gan.
Ta’kidlanishicha, saylov oldidan o‘tkazilgan so‘rovlar Gonsalesning Madurodan ahamiyatli darajada ustunligini ko‘rsatgan. 11 yildan buyon hokimiyat tepasida bo‘lgan Maduro davrida Venesuela iqtisodiyoti butunlay inqirozga yuz tutgan.
Argentina prezidenti Xavyer Miley uning mamlakati Gonsalesni g‘olib deb hisoblashini ma’lum qildi.
Sharhlar