Maduro: AQSH va Yevroittifoq Rossiyaga Ukraina bilan tinchlik shartnomasi tuzishga xalal berdi
AQSH va Yevroittifoq ikki yil avval Rossiyaga Ukraina bilan tinchlik shartnomasi tuzishga to‘sqinlik qildi, deb da’vo qilmoqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari qurol ishlab chiqaruvchilari daromadlarini oqlash uchun urushni davom ettirmoqda.
Maduroning fikricha, Vashington va Yevroittifoq mamlakatlari “bosqinchilik (harbiy aralashuv)ni amalga oshirib, Rossiyani mag‘lub etish”ga qaror qilgan. “Shartnoma loyihasi imzolash uchun tayyor edi, biroq AQSH hukumati va Yevroittifoq elitasi bitimni imzolamaslik haqida buyurq berdi”, — dedi Venesuela prezidenti o‘zining “Maduro bilan +” teledasturi efirida.
Venesuela prezidenti o‘tgan yiliyoq AQSH va uning yevropalik ittifoqdoshlari xatti-harakatlari Ukrainada nizoni kuchaytirishga qaratilgani haqida gapirgan edi. U G‘arb mamlakatlari shu tariqa Rossiyani qiyin vaziyatga tushirmoqchiligiga ishonchi komil. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni esa u “masxaraboz” deb atagandi.
Sharhlar