Yerga 2003-yildan buyon birinchi marta maksimal darajadagi magnit bo‘roni yetib keldi

Foto: Central Asia

AQSH meteorologiya xizmati Yerga yetib kelgan geomagnit bo‘roni kuchiga nisbatan berilgan bahoni maksimal darajaga (G5)cha oshirdi. Bunday holat so‘nggi marta 2003-yil oktabrida kuzatilgan edi.

Ekstremal sharoitlar sharqiy vaqt bilan 6:54 da (Toshkent vaqti bilan 3:54) kuzatilgan. Geomagnit bo‘roni dam olish kunlari davomida saqlanib turishi kutilmoqda. G5 darajasidagi geomagnit bo‘roni chog‘ida energiya ta’minoti obyektlari, kosmik sun’iy yo‘ldoshlar, sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Avvalroq Rossiya amaliy fizika instituti magnit bo‘roni darajasini G4 (juda kuchli daraja) deb baholagan, bunday darajali bo‘ron so‘nggi marta 2024-yil 24-martda qayd etilgan edi. Rossiyaning ba’zi hududlarida qutb yog‘dusi kuzatilmoqda.

Magnit bo‘ronining umumiy davomiyligi 20 soatdan 40 soatgacha bo‘lishi mumkin, degan edi avvalroq Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachyov. Quyoshda ikki sutka ichida eng yuqori — X balli oltita chaqnash yuz bergan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.