Britaniya sentabrda o‘z mahbuslarini Estoniya qamoqxonalariga yuborishni boshlashi mumkin
Estoniya adliya vaziri Liisa Pakosta Buyuk Britaniyada qamoqxonalar to‘lib ketgani haqidagi xabarlar fonida mamlakat turmalarini britaniyalik mahbuslarni joylashtirish uchun taklif qildi, deb yozadi “Kommersant”. Uning aytishicha, vazirlar mahkamasiga muhokama uchun memorandumni allaqachon taqdim etgan va bunday muhokamalarni Britaniya Shvetsiya bilan ham olib bormoqda.
Estoniya vaziri Britaniya sudyalariga yengil jinoyatlar uchun sudlanganlarni turmalarga yubormaslik haqida murojaatlar kelib tushayotgani haqidagi xabarlar tufayli shunday taklif bilan chiqqan. The Sun nashri may oyida qamoqxonalar haddan tashqari to‘lib ketgani muammosini yengillashtirish uchun ba’zi mahbuslarni muddatidan oldin ozod etish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergandi. Pakostaning so‘zlariga ko‘ra, Estoniya qamoqxonalar ijarasi Britaniyaga 25 million funt sterlingga tushishi mumkin. Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, mahbuslarni ko‘chirish 10-sentabr kuni boshlanishi mumkin. Shu bilan birga, terrorizm, maishiy zo‘ravonlik, jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar va boshqa ayrim jinoyatlar uchun sudlanganlar chet elga yuborilmaydi.
Britaniya qamoqxonalardagi mahbuslar soni bo‘yicha Yevroittifoqda birinchi o‘rinni egallaydi. 30-avgust holatiga ko‘ra, ularning soni 88 350 dan ortiq bo‘lib, bu 2011-yildan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Sharhlar