Zelenskiy BMTda so‘zlagan nutqida Rossiyani tinchlikka faqat majburlash mumkinligini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashi majlisida nutq so‘zladi, deb yozadi Meduza. U urush to‘xtatib qo‘yilishi emas, yakunlanishi kerakligini aytib, Rossiyani tinchlikka faqat “majburlash” mumkinligini ta’kidladi.
“Aynan shuning uchun bu urush shunchaki to‘xtamaydi, uni muzokaralar bilan tinchitib bo‘lmaydi — buning harakatlar kerak. Bizga xalqimiz hayotini qutqarishda yordam berayotgan barcha davlatlardan minnatdorman. Putin juda ko‘plab xalqaro me’yorlar va qoidalarni buzdi va uning o‘zi to‘xtamaydi. Rossiyani tinchlikka faqat majburlash mumkin — RFni tinchlikni qabul qilishga undash, bu urushdagi agressorni, BMT Ustavini buzgan tomonni to‘xtatish kerak”, — dedi Ukraina prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qish arafasida yana Ukraina energetikasini vayron qilishga urinmoqda. Zelenskiy da’vo qilishicha, Rossiya armiyasi Ukraina atom elektr stansiyalariga hujum qilishga tayyorlanmoqda.
Ukraina prezidenti urush faqat o‘zi tomonidan taklif etilgan “tinchlik formulasi” asosida tugashi mumkinligini aytdi.
Sharhlar