Makron Netanyaxuga Isroil BMT qarori bilan tashkil topganini eslatdi

макрон
Фото: МТ

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yopiq majlisda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Isroil BMT qarori bilan tashkil etilganini eslatdi. Bu haqda Le Parisien uchrashuv ishtirokchilariga tayanib xabar bermoqda.

Makron ta’kidlashicha, 1947-yilda Bosh Assambleyada Falastinni arab va yahudiy davlatlarga ajratish haqidagi ovoz berishga tayanib, mamlakat BMT qarorlarini bajarishi kerak.

Netanyaxuning matbuot xizmati bu gaplarga tezda munosabat bildirib, Isroil BMT rezolyutsiyasiga muvofiq emas, balki mustaqillik uchun olib borilgan urushda g‘olib chiqib, Xolokost va boshqa dahshatlarni boshidan kechirganlarning qoni evaziga tashkil topganini ma’lum qildi.

Fransiya va Isroil o‘rtasidagi keskinlik Makron 1-oktabr kuni G‘azo sektorida qo‘llanilayotgan qurollarni yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirganidan keyin kuchaygan, Netanyaxu uning gapini sharmandalik deb atagan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.