Makron Fransiyadagi mashq poligonida ukrainalik harbiylarni borib ko‘rdi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakat sharqidagi ukrainalik askarlar tayyorgarlikdan o‘tayotgan harbiy lagerga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Makronni Fransiya mudofaa vaziri Sebasten Lekornyu va uning ukrainalik hamkasbi Rustem Umerov kuzatib bordi.
Yelisey saroyi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bosqini boshlanganidan buyon Fransiya 15 000 dan ortiq ukrainalik askarni tayyorlagan. Mashq maydonining aniq joylashuvi xavfsizlik nuqtai nazaridan sir saqlanmoqda.
Ulashish:
Sharhlar