Makron Pavel Durovga fuqarolik berish mas’uliyatini o’z zimmasiga oldi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Telegram asoschisi Pavel Durovga Fransiya fuqaroligini bergani uchun “to‘liq javobgarlikni” o‘z zimmasiga olishini aytdi. Bu haqda u Serbiyaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi Fransiyaning LCI telekanali.
Makron “taniqli biznesmenlar, sportchilar va san’atkorlarga” fuqarolikni berishni asosli deb bilishini ta’kidladi.
Avvalroq Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib, 24 avgust kuni politsiyaning Durovni hibsga olish rejasidan Fransiya prezidenti ham, Tashqi ishlar vazirligi ham bilmagani haqida xabar bergan edi.
Ulashish:
Sharhlar