Makron Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishiga asosan AQSh va Germaniya qarshi ekanini bildirdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga asosan AQSh va Germaniya qarshi ekanini aytdi.
Uning so‘zlaridan DPA agentligi iqtibos keltiradi, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda” nashri.
Vashingtondagi NATO sammiti oldidan Makron Ukrainani alyansga qo‘shilishga taklif qilish uchun AQSh va Germaniyaning “kuchli muxolifoti” mavjudligini qayd etdi.
“Oxir-oqibat, Ukrainani NATOga taklif qilish ittifoqchilarning qarori bo‘ladi”, – deya qo‘shimcha qildi u.
Frantsiya prezidenti o‘tgan yili Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammit voqealarini esladi, o‘shanda Ukraina tomonining tanqidiga qaramay, qo‘shilish taklifi Kievga rad etilgandi.
“Eshiklar (NATOga – Tahr.) ochiqligi, biroq yetarli darajada ochiq emasligi ukrainaliklarning xaftalasini pir qilgandi. Menimcha, Vashington sammiti uchun ham ssenariy shunday bo‘ladi”, – dedi Makron.
Sharhlar