Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima samolyot halokatida vafot etdi
Samolyot halokatida Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima halok bo’ldi. Bu haqda mamlakat hukumati xabar berdi.
Avvalroq samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi. Samolyotda siyosatchidan tashqari yana 9 kishi bo‘lgan. Malavi prezidenti Lazarus Chakvera kecha quruqlikdagi ekipajlar samolyot bilan bog‘lana olmagani uchun qidiruv-qutqaruv operatsiyasini o‘tkazishga buyruq bergandi.
Malavi janubi-sharqiy Afrikadagi dengizga chiqmaydigan davlatdir. Mamlakatning katta qismini xuddi shu nomdagi ko’l egallaydi. Davlat Tanzaniya, Zambiya va Mozambik bilan chegaradosh.
Ulashish:
Sharhlar