Malayziya BRIСSga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi
Malayziya BRIСSga qo‘shilish haqidagi arizasini Rossiyaga yo‘naltirdi, deb yozadi “Kommersant”. Bu haqda Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, mamlakatning ushbu birlashmaga qo‘shilish niyati uning Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvida asosiy mavzu bo‘lgan. 27-iyul kuni Rossiya TIV rahbari 2015-yildan buyon birinchi marta Malayziyaga tashrif bilan borgandi.
“Biz ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish jihatlarini ko‘rib chiqdik, va Malayziya amaldagi aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, ayniqsa, savdo-investitsiyaviy, ilmiy-texnik, qishloq xo‘jaligi, mudofaa va harbiy sohalarda, ta’lim va tuzim, madaniyat bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirishni taklif qildi”, — deyiladi Malayziya bosh vaziri xabarida.
Ayni paytda BRIСSga o‘nta mamlakat kiradi, bular Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR, Misr, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni va Efiopiya. Argentina birlashmaga taklif qilingan edi, ammo rahbariyat almashgach, bundan bosh tortdi.Rossiya Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko BRIСSga qo‘shilish uchun 24 ta mamlakat navbatda turganini aytgandi.
Sharhlar