Malayziyaning 10 yil avval g‘oyib bo‘lgan samolyotini qidirish ishlari qaytadan boshlanishi mumkin
Malayziya hukumati Malaysia Airlines kompaniyasining 2014-yil 8-mart kuni uchib chiqqanidan keyin ko‘p o‘tmay radarlardan g‘oyib bo‘lgan MH370 reysini qidirish ishlarini qayta boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.
Bortida 239 kishi (asosan Xitoy fuqarolari) bo‘lgan Boeing 777 Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz qilayotib, trayektoriyadan og‘gan va taxminlarga ko‘ra, Hind okeanining janubiy qismiga qulab tushgan.
Malayziya transport vaziri Entoni Lok Amerikaning Ocean Infinity kompaniyasi tomonidan kelib tushgan “topilma bo‘lmasa, to‘lov ham yo‘q” tamoyili asosidagi taklif ko‘rib chiqilayotganini aytdi.
Kompaniya 2018-yilda ham samolyotni qidirish ishlarini olib borgan, ammo natijaga erishmagan edi.
Sharhlar