Malida 77 kishi suv toshqini qurboniga aylandi
Afrikada tabiiy ofatlar oqibatida qurbonlar kuzatilmoqda. Malida sodir bo‘lgan suv toshqinlari allaqachon 77 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 264 mingdan ortiq odam boshpanasiz qoldi.
Rasmiylarga ko‘ra, suv toshqinlari oqibatida uylar, maktablar va infratuzilma vayron bo‘lgan.
Bu yil G‘arbiy va Markaziy Afrikada misli ko‘rilmagan suv toshqinlari sodir bo‘ldi, ular taxminan 4 million kishiga zarar yetkazdi. Malidan tashqari tabiiy ofat Nigeriya, Chad, Gvineya, Niger, Kamerun, Gana va Liberiyaga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi, bu yerda ham yuzlab odamlar halok bo‘lgan va ekinlar nobud bo‘lgan.
Ulashish:
Sharhlar