“Manchester Yunayted” murabbiy Aleks Fergyusonga to‘lovlarni to‘xtatmoqda
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson yaqin vaqt ichida jamoadan to‘lovlarni olishni to‘xtatadi. Bu qaror klubning hamegasi Ineos tomonidan boshlangan xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha yangi strategiyaning bir qismi edi.
2013-yilda bosh murabbiy sifatida ketganidan beri Fergyuson “Manchester Yunayted”da xalqaro elchi va ijrochi bo‘lmagan direktor sifatida qolib, yillik maosh olardi. 2014-yilda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, u 2013-yil 17-oktyabrda taxminan 2,82 million dollarlik shartnoma imzolagan. Bu uning klub bilan elchi sifatida kelishuvi haqidagi yagona rasmiy eslatma edi.
OAV xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvni tinch yo‘l bilan bekor qilishga qaror qilishgan. To‘lovlar to‘xtatilganiga qaramay, Fergyuson ijrochi bo‘lmagan direktor unvonini saqlab qoladi va jamoaning o‘yinlariga taklif qilinadi.
Aleks Fergyuson 1986–yildan 2013–yilgacha “Manchester Yunayted”ni boshqargan va futbol tarixidagi eng ko‘p mukofotlangan murabbiylardan biri. Uning qo‘l ostida klub 13 marta Angliya chempioni bo‘ldi, 5 marta Angliya kubogi, 4 marta Angliya ligasining kubogi va 10 marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, Fergyuson “Manchester Yunayted”ni xalqaro muvaffaqiyatlarga olib keldi, jumladan, Chempionlar ligasida ikkita g‘alaba, shuningdek, Yevropa kubogi g‘oliblari kubogi, UYeFA Superkubogi, qit’alararo kubok va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligi.
.
Sharhlar