JSST Marburg virusi epidemiyasi xavfi haqida ogohlantirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Ruandada Marburg virusiga chalinish bilan bog‘liq ilk holatlar qayd etilgach, yangi epidemiya xavfi haqida e’lon qildi.
26-sentabr holatiga Ruandada 26 ta holat aniqlangan bo‘lib, shulardan sakkiztasi o‘lim bilan tugagan. Infeksiya mamlakatning 30 ta viloyatidan yettitasida aniqlangan, kasallanganlarning aksariyati esa poytaxt Kigalidagi ikkita tibbiyot muassasasi xodimlaridir.
JSST ham milliy, ham mintaqaviy darajalarda kasallik avj olishi xavfini yuqori deb baholamoqda, ammo uning global darajada tarqalib ketish xavfi past bo‘lib qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, virusdan o‘lim darajasi 88 foizni tashkil qiladi. Ayni paytda Marburgga qarshi vaksina yo‘q; davolash simptomatik xususiyatga ega bo‘lib, immun tizimini qo‘llab-quvvatlovchi dorilarni o‘z ichiga oladi.
Sharhlar