Parijda Marin Le Pen ustidan sud boshlandi, u Yevroittifoq pullarini talon-toroj qilishda ayblanmoqda
Marin Le Pen Yevroittifoq pullarini talon-toroj qilishda ayblanmoqda, shunga o‘xshash ayblov bo‘yicha Le Pen partiyasining yana 20 dan ortiq yuqori mansabli vakillari sud qilinmoqda. Ular yordamchilarni ishga olgan, ammo ular o‘zlarining xizmatlari uchun mablag‘ to‘layotgan Yevroparlamentga ishlamagan, balki partiyaga yordam bergan. Mana shu holat ularga nisbatan shunday ayblov ilgari surilishiga asos bo‘lgan.
Agar Le Pan aybdor deb topilsa, u jarimaga tortilishi va hatto qamalishi mumkin. Bu shuningdek, o‘n yilga siyosiy lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qiladi va uning prezidentlikka da’vogarlik qilish istagini chipakka chiqaradi.
Le Penning o‘zi ayblovni rad etmoqda, “Milliy birlashuv” partiyasi matbuot kotibi Loran Jakobelli esa Yevroittifoqdan tizimli ravishda pul o‘g‘irlash degan narsa yo‘qligini isbotlash uchun bor imkoniyatini ishga solishini aytdi.
Sharhlar