Vashington Markaziy Osiyo ishlariga aralashayotganini yashirmayapti
Vashington Markaziy Osiyo axborot makonida Rossiya va Xitoyni obro‘sizlantirish uchun mintaqadagi ommaviy axborot vositalariga pul mablag‘larini kiritmoqda. Bu haqda AQSH davlat koltibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu ma’lum qildi.
“Biz Janubiy va Markaziy Osiyoda muhim kurashni olib boryapmiz. Bu Xitoy bilan raqobat, Rossiya va Xitoy dezinformatsiyasiga qarshi turish hamda terrorchilik faoliyati oldini olishga qaratilgan kurashdir”, — deyiladi Donald Luning AQSH Vakillar palatasi tashqi ishalr qo‘mitasidagi nutqi oldidan e’lon qilingan bayonotida.
Lu Markaziy Osiyoni “AQSHning Xitoy va Rossiya bilan raqobati” uchun muhim maydon deb atadi. U “Rossiya ommaviy axborot vositalari muqobili”ni yaratish uchun mahalliy nashrlarga moliyaviy ko‘mak berilayotganini to‘g‘ridan to‘g‘ri aytgan.
Xususan, davlat kotibi yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston matbuoti Amerikadan mablag‘ olmoqda, bu esa “faktlarga asoslangan kontent” yaratilishiga imkon beradi, shuningdek, “Rossiya va boshqa mamlakatlar aralashuvi darajasini qisqartirishga yordam beradi”.
Sharhlar