Marokashda maymun chechagi bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat aniqlandi
Marokashda maymun chechagi bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi. Kasallangan erkak Marokash shahridan bo‘lib, uning aynan maymun chechagini yuqtirib olgani 12-sentabr kuni tasdiqlangan.
Muassasa aniqlik kiritishicha, bemorning ahvoli barqaror, unda hech qanday simptomlar namoyon bo‘lmayapti va u hech kim bilan aloqada bo‘lmagan. Virusli infeksiyaning aynan qaysi varianti aniqlangani noma’lum.
Avgust oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi avj olishini favqulodda holat deb e’lon qilgan edi. Virus Kongo Demokratik Respublikasida tarqalishni boshlagan, keyinroq kasallanish holatlari Burundi, Keniya, Ruanda va Ugandada ham aniqlangan edi. O‘tgan oy esa Shvetsiyada ilk bemor qayd etildi.
Sharhlar