Marokash sanksiyalar tufayli Rossiyaga yangi yil mandarinlarini yetkazib berishni to‘xtatmoqda
Rossiyaning meva-sabzavot ittifoqi vakili, ekzotik mevalar bo‘yicha mutaxassis Irina Koziy “Parlament gazetasi”ga ma’lum qilishicha, Marokashdan Rossiyaga mandarin yetkazib berish sanksiyalar va murakkab siyosiy vaziyat tufayli deyarli to‘xtatilgan.
“Bu rossiyaliklar juda sevib iste’mol qiladigan “klementin”lar edi”, – deya tushuntirdi u va faqat Uzoq Sharq aholisigina mandarin tanqisligini sezmayotganini, chunki u yerga yil bo‘yi Xitoy va Osiyo mamlakatlaridan mandarin kelib turishini qo‘shimcha qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar eng ko‘p mandarinni qishda iste’mol qiladilar, noyabrdan yanvargacha bo‘lgan uch oyda bu mevalar yillik iste’molining taxminan yarmi to‘g‘ri keladi. Odatda mandarin narxlari mavsumiy pasayib borardi, ammo bu yil oshdi.
“Mevalar qimmatlashmoqda va xaridorlar ulardan voz kechishni boshladilar. O’tgan mavsumda banan va olmalar bilan ham shunday bo‘ldi, narxlar oshishi tufayli ularning iste’moli mamlakatda ancha jiddiy qisqardi. Agar meva bozoriga qaraydigan bo‘lsak, tropik ekzotik mevalar iste’moli eng kam qisqarmoqda. Masalan, mango boshqa qimmatlashgan mevalar bilan taqqoslaganda arzonroq tuyula boshladi”, – deya tushuntiradi Koziy.
Sharhlar