Ilon Mask AQSHni Marsga o‘z kosmonavtlarini yuborishga chaqirdi

Foto: EPA

SpaceX asoschisi Ilon Mask fikricha, AQSH Marsga kosmonavtlarni yuborishi kerak. Bu haqda u Apollo-11 fazoviy kemasining Oyga qo‘nganiga 55 yil to‘lishi munosabati bilan aytib o‘tdi, deb yozadi “Kommersant”.

“Endi Amerika kosmonavtlarini Marsga yuborib, yanada yuqori cho‘qqilarga chiqish vaqti keldi! Oxir-oqibat, fazoviy sayohatchi bo‘lmoqchi bo‘lgan va Marsda yangi sivilizatsiyani barpo etishda yordam bermoqchi bo‘lgan har bir kishi buni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak”, — deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ilon Mask 2016-yilda insoniyatning Marsga ilk parvozi 2022-yilda amalga oshishi mumkinligini aytgandi. 2023-yilda milliarder Starship kemasi Marsga uch-to‘rt yildan keyin parvoz qilishi mumkinligini ta’kidlagandi.

Apollo-11 1069-yilda tarixda birinchi bo‘lib Oyga qo‘ngan edi. Oy yuzasiga Nil Armstrong va Bazz Oldrin qadam qo‘ygan. Oxirgi qo‘nish esa 1972-yilda Apollo-17 ekipaji tomonidan amalga oshirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.