Ilon Mask Marsga uchuvchili parvozlarni 4 yildan keyin boshlashni rejalashtirmoqda
Starship kosmik kemasi ikki yildan keyin Marsga jo‘naydi, deya ma’lum qildi SpaceX asoschisi Ilon Mask. U odam tomonidan boshqariladigan parvoz to‘rt yildan keyin amalga oshishiga umid qilmoqda, deb yozadi “Kommersant”.
“Ilk Starship kemalari Marsga ikki yildan keyin, Yer va Mars o‘rtasida navbatdagi transfer oynasi ochilganida uchiriladi. Ular odam tomonidan boshqarilmaydi va Marsga qo‘nish xavfsizligini tekshirish imkonini beradi. Agar qo‘nish muvaffaqiyatli kechsa, Marsga odam tomonidan boshqariladigan parvozlar to‘rt yildan keyin amalga oshishi rejalashtirilmoqda”, — deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida. U asosiy maqsad 20 yildan keyin Marsda o‘z-o‘zini ta’minlay oladigan shahar qurishdan iborat ekanini aytdi.
Ilon Mask 2016-yilda insoniyatning Marsga ilk parvozi 2022-yilda amalga oshishi mumkinligini aytgandi. 2024-yil aprelida esa u inson boshqarmaydigan ilk Starship Marsga besh yil ichida qo‘nishi, ilk odamlar esa sayyoraga 7-8 yil mobaynida borishi mumkinligini taxmin qildi.
Sharhlar