“KVN” boshlovchisi Aleksandr Maslyakov vafot etdi

Foto: “RIA Novosti”

Rossiyada “KVN” (“Quvnoqlar va zukkolar klubi”) boshlovchisi Aleksandr Maslyakov vafot etdi. Bu haqda “KVN” rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilindi. Boshlovchining o‘limini uning o‘g‘li — kichik Aleksand Maslyakov ham tasdiqladi.

U 82 yoshda edi. O‘lim sababi ma’lum qilingani yo‘q.

Maslyakov “KVN”ni 1964-yildan boshlab olib borgan. 1971-yilda “KVN” yopilgan, ammo dastur 1986-yilda efirga qaytgach, Maslyakov uning doimiy boshlovchisiga aylangan.

2024-yil aprelida Maslyakovda koronavirusdan keyin o‘pka saratoni aniqlangani xabar berilgan, shu sababli u “KVN”dagi faoliyatini to‘xtatgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.