JSST maymun chechagini yana favqulodda vaziyat deb tan oldi
Afrikada avj olgan maymun chechagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat deb tan olindi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
2024-yilda kasallanish bilan bog‘liq 14 mingdan ortiq holat qayd etilgan bo‘lib, ularning 524 tasi o‘lim bilan tugagan. JSST mintaqaviy harakatlar rejasini ishlab chiqqan bo‘lib, unga 15 million dollar talab etiladi.
Maymun chechagining tarqalishi Kongo demokratik respublikasida qayd etilgan bo‘lib, kasallanish holatlari keyinroq Burundi, Keniya, Ruanda va Ugandada ham aniqlangan. Yaqinda Afrika kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi qit’ada sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat e’lon qildi.
Kasallik avj olishining favqulodda vaziyat deb e’tirof etilishi infeksiya tarqalishini ushlab turish uchun moliyalashtirishni tezlashtirish imkonini beradi. 2022-yil iyulida JSST maymun chechagini xalqaro ko‘lamdagi favqulodda holat deb e’lon qilgan, ammo ushbu rejim 2023-yil mayida bekor qilingan edi.
Sharhlar