Afrikada “maymun chechagi” virusi tarqalishda davom etmoqda
Afrikada “maymun chechagi” tarqalishda davom etmoqda. O‘tgan bir hafta ichida mpox virusli infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 1200 ta holat aniqlangan, deb xabar bermoqda Afrika ittifoqi tibbiy agentligi. Gap virusning uchta turi, shu jumladan, Clade 1b varianti haqida bormoqda.
Yil boshidan buyon Afrika ittifoqiga kiruvchi 12 ta mamlakatda jami 18 737 kishi “maymun chechagi”ga chalingan, 541 kishi vafot etgan. Virus tarqalishda davom etmoqda, shu sababli Yevroittifoqda xavf darajasi pastdan o‘rtachaga ko‘tarildi.
“Yevropa va Afrika o‘rtasidagi yaqin aloqalar tufayli, biz virusning Clade 1 variantiga chalinish holatlari yana kirib kelishiga tayyor turishimiz kerak”, — dedi Yevropa kasalliklar profilaktikasi va ular bilan kurashish markazi rahbari.
Sharhlar