MDH davlatlari orasida 2023 yilning eng yaxshi aeroporti aniqlandi

Фото: TASS

MDH davlatlari o‘rtasida 2023 yilgi “Yilning eng yaxshi aeroporti” tanlovi g‘olibi e’lon qilindi.

Ushbu tanlov har yili MDH mamlakatlari fuqaro aviatsiyasining aeroportlar uyushmasi tomonidan o‘tkaziladi. Joriy yilda Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan assotsiatsiya a’zolarining yillik hisobot yig‘ilishida Minsk aeroportiga o‘tgan yilgi natijalarga ko‘ra “MDHdagi eng yaxshi aeroport” kubogi topshirilgan.

Bu haqdagi ma’lumot Minsk milliy aeroportining rasmiy saytida e’lon qilingan.

Minsk aeroporti o‘z vaqtida parvoz qilish bo‘yicha dunyoning TOP-5 aeroportlari qatoriga kiradi. Unda qatnovlarning 92,35 foizi jadval asosida amalga oshirilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.