MDH mamlakatlari 2030-yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi

Фото: Азия плюс

MDH bosh kotibi Sergey Lebedev MDH mamlakatlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik konsepsiyasini 2030-yilgacha ishlab chiqish rejalari haqida e’lon qildi qildi va bu hamkorlikning hozirgi geosiyosiy vaziyatda muhimligini ta’kidladi.

U bu haqda joriy yilning 7-noyabr kuni Moskvada o‘tkazilgan MDH xavfsizlik kengashlari kotiblari 12-uchrashuvida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro harbiy aloqalarni mustahkamlash mintaqada barqarorlashtiruvchi omil bo‘ladi.

Yangi loyiha qurolli kuchlarni tayyorlash sohasida tajriba va ilmiy yutuqlar almashinuviga alohida e’tibor qaratadi va kelgusi yillardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadlarini belgilab beradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.