Medvedev: “har qanday sabrning nihoyasi bor”
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning fikricha, Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastiga hujumidan so‘ng Rossiyada o‘zining yadroviy to‘xtatib turish doktrinasiga muvofiq yadro qurolidan foydalanishga asoslari bor.
Shu bilan birga, u yadroviy javob bo‘yicha qaror “o‘ta murakkab va qaytarilmas oqibatlarga olib kelishi”ni va Rossiya buni qabul qilmasdan “sabr qilayotganini” ta’kidladi.
“Nima deyishim mumkin: yadroviy mojaro hech kimga kerak emas. Bu juda og‘ir natijaga ega bo‘lgan juda yomon hikoya. Shuning uchun ham shu paytgacha yadro qurolidan foydalanish qarori qabul qilinmagan. Ochig‘ini aytganda, buning uchun butun jahon hamjamiyatiga tushunarli va yadroviy to‘siq bo‘lish doktrinamizga mos keladigan rasmiy shart-sharoitlar mavjud. Masalan, o‘sha Kursk”, – deb yozadi janob Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.
Dmitriy Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Rossiyaning yadroviy javob haqidagi bayonotlarini jiddiy qabul qilmayapti. “G‘arb rahbarlari va ularning siyosiy tuzilmasi mamlakatimizning “hududining ichkarisiga” berilishi mumkin bo‘lgan raketa zarbalariga munosabati haqida qanday fikrda? Ular ruslar ommaviy qirg‘in qurollari bilan javob berish haqida ko‘p gapirishadi, lekin hech narsa qilishmaydi. Bu shunchaki “og‘zaki huujmlar” deb aytishadi, – deb yozadi janob Medvedev.
Biroq, uning qo‘shimcha qilishicha, “har qanday sabrning nihoyasi bor”. Va u raketa hujumlariga javob sifatida yangi yadroviy bo‘lmagan o‘q-dorilardan foydalanilishi mumkinligini ta’kidladi.
Sharhlar