Medvedev Kursk oblastiga hujumi uchun UQK munosib jazolanishini va’da qildi
Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari, “Yedinaya Rossiya” partiyasining raisi Dmitriy Medvedev partiya yig‘ilishida Kursk oblastiga hujum qilganlar, jumladan, Ukraina hukumati ham munosib jazolanishini va’da qildi.
“Ular, albatta, qilgan ishlari uchun munosib jazolanadilar. Bu shunday jazoki, jumladan Kiev millatchi rejimi rahbariyati uchun turli oqibatlarga olib keladigan jazo bo‘ladi”, – deydi Medvedev.
Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) 6 avgust kuni Kursk oblastiga bostirib kirdi. Harbiy harakatlarning to‘rtinchi kuni mintaqadagi vaziyat federal favqulodda holat sifatida tasniflandi. 10-avgust kuni Kursk, Belgorod va Bryansk oblastlarida aksilterrorchilik operatsiyasi rejimi joriy etildi. Rossiya Qurolli Kuchlarining zaxiralari Kursk oblastiga tashlandi.
Sharhlar