Rossiyada Mi-28 vertolyoti qulab tushdi, ekipaj halok bo‘ldi
Rossiya Mudofaa vazirligining Mi-28 vertolyoti Kaluga viloyatida rejali parvozni amalga oshirish chog‘ida halokatga uchradi, deb yozadi Meduza.
Vertolyot kimsasiz hududga qulagan, vayronagarchilikalr kelib chiqmagan. Ikki kishidan iborat bo‘lgan ekipaj halok bo‘lgan.
Kaluga viloyati gubernator Vladislav Shapsha ma’lum qilishicha, vertolyot Jizdrinskiy tumanida halokatga uchragan. Tuman rahbari Aleksandr Baribin vertolyot Klyonka qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonga qulaganini aytdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot texnik nosozlik tufayli halokatga uchragan. Voqea joyida tezkor guruh, qutqaruvchilar va Rossiya Havo-kosmik kuchlari komissiyasi ish olib bormoqda.
Ulashish:
Sharhlar