MI-5 rahbari: Rossiya Britaniya ko‘chalarida tartibsizliklar uyushtirmoqchi
Britaniya kontrrazvedkasi MI-5 rahbari Ken Makkallum Rossiya razvedkasi “Britaniya va Yevropa ko‘chalarida tartibsizliklar” uyushtirishni maqsad qilganini ma’lum qildi va Buyuk Britaniya hozir o‘z tarixidagi eng murakkab va ko‘p qirrali tahdidga duch kelayotganini ogohlantirdi.
2022-yildan beri xizmat Eron ko‘magida uyushtirilgan 20 ta fitnani fosh etishga erishgan, dedi Makkallum Londondagi MI-5 terrorizmga qarshi operatsion markazida o‘tkazilgan brifingda.
Eron tomonidan tahdid “misli ko‘rilmagan darajada” oshgan, dedi Makkallum. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Rossiya kabi “o‘zining iflos ishlarini bajarish” uchun uyushgan jinoyatchilik kabi turli vositachilardan foydalanmoqda.
MI-5 rahbarining aytishicha, terrorizm bilan bog‘liq tahdidlar va boshqa davlatlarning razvedka tuzilmalari tomonidan tahdidlarning uyg‘unligi uning maxsus xizmatida “juda murakkab ish” ekanligini anglatadi.
Makkallum 2017-yildan beri Buyuk Britaniyada rejalashtirishning so‘nggi bosqichida bo‘lgan 43 ta hujumning oldi olinganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ba’zi fitnachilar o‘qotar qurol va portlovchi moddalarni qo‘lga kiritishga urinishgan.
Sharhlar