Microsoft mutaxassislari Rossiya bilan bog’liq xakerlar faoliyatini qayd etadi
22-oktabrdan boshlab Microsoft mutaxassislari Rossiya bilan aloqadorligi taxmin qilinayotgan Midnight Blizzard xakerlar guruhi tomonidan hukumat va mudofaa tuzilmalari, shuningdek, ilmiy va nodavlat tashkilotlar vakillariga fishing elektron pochta xabarlarini tarqatish ko‘payganini qayd etdi.
“Midnight Blizzardning oldingi fishing kampaniyalarini o’rganishimiz asosida, biz ushbu operatsiyadan maqsad razvedka ma’lumotlarini yig’ish bo’lishi mumkinligini baholaymiz”,- dedi Microsoft Threat Intelligence jamoasi blog postida.
Mutaxassislarning fikricha, xatlar 100 dan ortiq tashkilotdagi minglab oluvchilarga yuborilgan. Ba’zi hollarda tajovuzkorlar Microsoft xodimlariga o’xshab, boshqa bulutli xizmat ko’rsatuvchi provayderlarga murojaat qilishgan.
Ukraina hukumatining kompyuter favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash guruhi (CERT-UA) va Amazon ham xakerlik faoliyati haqida xabar bergan.
Microsoft ta’kidlaganidek, AQSh va Britaniya rasmiylari Midnight Blizzardni Rossiya razvedkasi bilan bog’lashgan.
“Xakerlar hukumatlar, diplomatik muassasalar, nodavlat tashkilotlar va IT-xizmat provayderlarini, birinchi navbatda, AQSh va Yevropada nishonga olishmoqda. Ularning maqsadi uzoq muddatli va maqsadli josuslik orqali razvedka ma’lumotlarini yig‘ishdir”, – deb yozadi ekspertlar.
Sharhlar