Keyt Middlton unda saraton aniqlanganidan keyin birinchi marta jamoat tadbirida qatnashadi
Uels malikasi Keyt Middlton qirol Karl III ning tug‘ilgan kuni munosabati bilan bugun, 15-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan paradda ishtirok etadi, deb yozadi “Kommersant”.
Middltonga saraton tashxisi qo‘yilganidan keyin u jamoat tadbirlarida qatnashmayotgan edi. U yana bir necha oy davomida davolanishini ma’lum qildi.
“Men shu dam olish kunlari oilam bilan qirolning tug‘ilgan kuniga atalgan paradda qatnashish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutmoqdaman va yozda ham bir nechta jamoat tadbirlarida ishtirok etishga umid qilib qolaman, ammo ayni vaqtda shuni bilamanki, xavf hali o‘tib ketmadi. Men ayniqsa noaniqlik sharoitida sabrli bo‘lishni o‘rganyapman”, — deb yozdi Uels malikasi o‘z Instagram’ida.
Yanvar oyida 42 yoshli Keyt Middltonning qorin bo‘shlig‘ida operatsiya o‘tkazildi. Tahlillardan keyin unga onkologik kasallik tashxisi qo‘yildi. Fevral oxirida u kimyoviy davolanish kursini boshladi.
Ta’kidlanishicha, qirolning tavallud kuniga bag‘ishlangan parad tashxis qo‘yilganidan buyon Keyin Middlton ishtirokidagi ilk rasmiy tadbir bo‘ladi.
Sharhlar