Milliarder Bill Akman suiqasddan so‘ng prezidentlik poygasida Trampni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
Pershing Square Capital Management asoschisi va bosh direktori X ijtimoiy tarmog’ida “Men Trampni rasman ma’qullamoqchiman” deb yozdi.
“Sizni ishontirib aytamanki, men bu qarorni ehtiyotkorlik bilan, oqilona va iloji boricha ko’proq ma’lumotlarga asoslanib qabul qildim”.
Bu qaror milliarderning Tramp bilan munosabatlarida burilish yasadi. 2021-yilda Tramp tarafdorlari tomonidan AQSh Kapitoliysiga qilingan hujumdan so‘ng, Akman Tramp “iste’foga chiqishi va barcha amerikaliklardan kechirim so‘rashi” kerakligini aytdi.
“Men bir muncha vaqt oldin bu qarorni qabul qildim, chunki ko’pchilik izdoshlarim Baydenni tanqid qilgan va Trampni qo’llab-quvvatlagan postlarimdan payqagan bo’lishi mumkin”, – deb yozadi Akman.
Avvalroq milliarder Ilon Mask Trampning saylovoldi tashviqotiga “katta mablag‘” sarflamoqchiligi xabar qilingandi. Suiqasddan so‘ng u Trampning “tezda tuzalib ketishiga” umid bildirdi.
Sharhlar