Floridada “Milton” dovuli tufayli 1 mln aholi chiroqsiz qoldi
Amerikaning Florida shtatida “Milton” dovuli tufayli bir milliondan ortiq aholi elektr energiyasidan uzilib qoldi. Bu haqda PowerOutage monitoring resursi ma’lumotlari guvohlik bermoqda.
Ayni vaqtda elektr ta’minoti uzilishi bilan bog‘liq holat 1,12 million iste’molchida kuzatilmoqda.
“Milton” dovuli Floridaga 10-oktabr kuni yetib bordi. Tabiiy ofat shtatning g‘arbiy sohillaridan kirib bordi. Shamol tezligi soatiga 205 km.ni tashkil qildi, bu besh balli shkalada uchinchi kategoriyaga mos keladi.
Ulashish:
Sharhlar