Putin KXDRga Rossiyaning Ukrainaga hujumini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi
Vladimir Putinning Pxenyanga tashrifi oldidan Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” gazetasida Rossiya prezidentining “Rossiya va KXDR: do‘stlik va hamkorlik an’analari yillar osha” sarlavhasi ostidagi maqolasi chop etildi, deb yozadi Meduza.
Unda “Rossiya va KXDR o‘rtasida tenglik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalari yetmish yildan ortiq tarixga ega va boy shonli tarixiy an’analar bilan yo‘g‘rilgani” haqida yoziladi.
Rossiya prezidenti aynan Sovet ittifoqi dunyoda birinchi bo‘lib KXDRni tan olib, u bilan siplomatik aloqalar o‘rnatganini, keyin esa ular milliy iqtisodiyotni barpo etib, sog‘liqni saqlash tizimini yo‘lga qo‘yishda, ilm-fanni rivojlantirishda yordamlashganini eslatdi.
Rossiya va Shimoliy Koreya bugungi kunda ham ko‘p tomonlama sheriklikni faol rivojlantirishda davom etmoqda, deydi Putin. “Biz KXDRning Ukrainada Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi o‘tkazilishidagi qat’iy ko‘magini, asosiy xalqaro masalalar bo‘yicha biz bilan birdamligini, BMT maydonida umumiy prioritetlar va nigohlarda qat’iy turishga shayligini yuqori baholaymiz”, — deyiladi maqolada.
Shuningdek, Putin Rossiya va KXDR ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqoriroq darajaga olib chiqishiga umid qilib, Kim Chen Inga salomatlik, KXDR xalqiga taraqqiyot yo‘lida muvaffaqiyatlar tilab qolgan.
Sharhlar