Belarusda terrorizmda gumonlanib ikki nafar Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi
Belarus poytaxti Minskda politsiyachilar va Tezkor javob ko‘rsatish maxsus otryadi xodimlari tomonidan ikki nafar Tojikiston fuqarosi o‘z vatanida terakt tayyorlashda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda “TASS” Belarus IIV vakili Natalya Saxarchukka tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Tojikiston huquq-tartibot organlari xodimlariga topshirilgan va allaqachon respublikaga yuborilgan.
Saxarchuk ta’kidlashicha, qo‘lga olingan shaxslar 23 yoshdagi ikki nafar erkak kishidir. “Teraktlarni tayyorlashda gumonlanuvchilarning qo‘lga olinishi chet ellik hamkasblarimiz bilan yaqindan va tezkor hamkorlik qilishimizga yorqin misol hisoblanadi”, — dedi u boshqa tafsilotlarni keltirmasdan.
Sharhlar