Putin Mishustinni Rossiya hukumati raisi etib tasdiqladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mixail Mishustinni hukumat raisi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb yozadi “Kommersant”. Huquqiy axborot portaliga joylangan hujjat prezident tomonidan taklif etilgan Mishustin nomzodi Davlat dumasida tasdiqlanganidan keyin bir necha soat o‘tib imzolangan.
Mixail Mishustin nomzodini yoqlab beshta parlament fraksiyasining to‘rttasi ovoz berdi — RFKP deputatlari betaraf qoldi. Hech kim qarshi chiqmadi. Uning bosh vazir sifatida yangi muddatga tayinlanishi haqidagi prezident farmoni imzolangan kunidan kuchga kiradi. Ko‘pi bilan bir hafta ichida bosh vazir prezidentga hukumatning yangi tarkibini tanishtirishi kerak.
Mixail Mishustin 2020-yil yanvarida avvalgi bosh vazir Dmitriy Medvedev iste’foga chiqqach, Putinning taklifi bilan ushbu lavozimga tayinlangan edi. Ungacha u Federal soliq xizmatiga rahbarlik qilgan.
Sharhlar