Putin Mixail Mishustinni bosh vazir etib tayinlashni taklif qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosh vazir lavozimi uchun Davlat dumasiga Mixail Mishustin nomzodini kiritdi. Bu haqda Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Davlat dumasi bugun, 10-may kuni bosh vazirlikka nomzodni muhokama qiladi.
7-may kuni Vladimir Putinning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Qonunga muvofiq, inauguratsiya kuni Mixail Mishustin rahbarligidagi hukumat o‘z vakolatlarini topshirdi. Inauguratsiyadan keyin ko‘pi bilan ikki hafta ichida prezident Dumaga tasdiqlash uchun bosh vazir nomzodini kiritishi kerak edi. Bir haftadan ortiq bo‘lmagan muddatda bosh vazir prezidentga hukumatning yangi tarkibini taklif qilishi kerak.
Mishustin 2020-yil yanvarida avvalgi bosh vazir Dmitriy Medvedevning iste’fosi tufayli, Putinning taklifi bilan bosh vazir etib tayinlangan edi.
Sharhlar