Moldova parlamentining deputati arilar chaqishi natijasida vafot etdi

Фото: РИДУС

Moldova parlamenti deputati, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha komissiya raisi o‘rinbosari Yuriy Pasat ari chaqishi oqibatida anafilaktik shokdan vafot etdi.

Bu haqda hukmron “Harakat va birdamlik” partiyasining Facebook-sahifasida so‘z boradi.

Siyosiy kuch matbuot xizmati siyosatchi mehnatkash va o‘z ishiga fidoyi bo‘lganini ta’kidladi. Partiya, shuningdek, Pasatning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

“Biz hamkasbimiz, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha komissiya raisi o‘rinbosari, deputat Yuriy Pasatning vafot etganini katta qayg‘u bilan e’lon qilamiz. Uning o‘limi bugun ertalab ari chaqishi natijasida kelib chiqqan anafilaktik shok tufayli sodir bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.