Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi boshlandi
Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ovoz berish boshlandi. Saylov uchastkalari soat 07:00 (Toshkent vaqti bilan 10:00) da ochildi va 21:00 (Toshkent vaqti bilan 00:00)gacha ochiq qoladi, deb xabar beradi Point.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, jami 2219 ta saylov uchastkasi ochilgan, ulardan 1988 tasi Moldova hududida. Yana 231 ta saylov uchastkalari 37 mamlakatda tashkil etilgan.
Davlat rahbari lavozimiga amaldagi prezident Mayya Sandu va sobiq bosh prokuror Aleksandr Stoyanoglo da’vogarlik qilmoqda. Birinchi tur natijalariga ko‘ra, Sandu 42,49 foiz, Stoyanoglo esa 25,95 foiz ovoz olgan.
Agar ovoz berishda saylovchilarning kamida beshdan bir qismi ishtirok etsa, ikkinchi turdagi saylov o‘tgan hisoblanadi. Eng ko’p ovoz to’plagan nomzod g’alaba qozonadi.
Sharhlar