Moldovada uch kun ichida uchta dron topildi
Moldova huquq-tartibot idoralari mamlakatda yana bir dron qulaganini tasdiqladi. Bu haqda Moldova politsiyasi bosh inspektsiyasining xabarida aytiladi, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda” nashri.
Dron markaziy Moldovadagi Kriuleni rayonida joylashgan Koshernitsa qishlog‘i chekkasida topilgan.
“Axborot zudlik bilan vakolatli organlarga yetkazildi va dron qulagan hududda fuqarolarning harakatlanishi cheklandi”, — deya qo‘shimcha qiladi Moldova politsiyasi.
Bu Moldova hududida oxirgi uch kun ichida topilgan uchinchi drondir. 10-noyabr, yakshanba kuni mamlakatda ikkita dron – Kaushani va Rishkani hududlarida topilgandi.
Shundan so‘ng Moldova Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga norozilik notasini topshirdi.
Sharhlar