Moldovaning Rossiyadagi elchisi TIVga chaqirildi

Фото: OSCE Parliamentary Assembly

Moldovaning Rossiyadagi elchisi Lilian Darie Rossiya TIVga chaqirildi, deya xabar beradi Rossiya TIV.

“Elchi Moldovada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida YeXHT DIIHB monitoring missiyasi tarkibida rossiyalik qisqa muddatli kuzatuvchilarga nisbatan rasmiy Kishinyovning nodo‘stona kamsituvchi harakatlari munosabati bilan keskin norozilik bildirilgani haqida ma’lum qilindi”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining fikricha, Moldova hukumati prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha konstitutsiyaviy referendum oldidan “Rossiyadan besh nafar xalqaro kuzatuvchini akkreditatsiyadan asossiz ravishda rad etgan”.

Departamentning bildirishicha, 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi raund oldidan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) missiyasining uch nafar rossiyalik a’zosiga Kishinyov aeroportida mamlakatga kirish taqiqlangan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.