Moliya vazirligi ajrashish uchun davlat bojini 8 baravar oshirishni taklif qildi
Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi bir qator davlat boji miqdorini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorladi, deb yozadi Meduza.
Xususan, ajrashish uchun to‘lovni sakkiz baravar oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu – 650 rubldan 5000 rublgacha. Moliya vazirligi, shuningdek, ismni o‘zgartirishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lovni 5000 rublgacha oshirishni taklif qilmoqda, shu jumladan ismni o‘zgartirish to‘g‘risidagi guvohnoma berish (avval buning uchun 1600 rubl to‘lash kerak) uchun ham.
Bundan tashqari, deb yozadi RBC, ular bojlarni oshirmoqchi:
- fuqarolik holati dalolatnomalariga tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritish, shu jumladan guvohnomalar berish uchun – 650 rubldan 700 rublgacha;
- fuqarolik holati dalolatnomasini davlat ro‘yxatidan o’tkazish to‘g‘risidagi takroriy guvohnoma berish uchun – 350 rubldan 500 rublgacha;
- FHDYo organlari va boshqa vakolatli organlar arxivlaridan jismoniy shaxslarga guvohnomalar berish uchun – 200 rubldan 350 rublgacha;
- diplom, sertifikat yoki malaka darajasini tasdiqlovchi boshqa hujjat yoki yo‘qolganligi sababli uning dublikatini berish uchun – 1300 rubldan 2000 rublgacha.
Ulashish:
Sharhlar