Moskva aeroportlarida xorijiy fuqarolar daktiloskopik tekshiruvdan o‘tishlari shart bo‘ladi

Фото: Сергей Величкин

2024-yilning 1-dekabridan boshlab Moskva aeroportlarida Rossiyaga kelayotgan xorijlik fuqarolarni foto va barmoq izlari yordamida identifikatsiyalash bo‘yicha eksperimental protsedura boshlanadi, deb yozadi “Kommersant”.

“Bu hali ham tajriba, uni amalga oshirgandan so‘ng, hukumat FSB bilan birgalikda ushbu amaliyotni barcha chegara o‘tish joylariga kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi”, deydi Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy.

Moskva “chet el fuqarolari uchun an’anaviy jalb qilish markazi va muhim transport markazi” bo‘lgani uchun eksperiment o‘tkaziladigan joy sifatida tanlangan.

Xuddi shunday nazorat tizimini Orenburg oblastidagi Mashtakovo avtomobil nazorat punktida ham joriy etish rejalashtirilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.